Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Ахборот хизмати / Корхона янгиликлари » Ko‘prik qayta barpo etildi — qatnov yana tiklandi

Ko‘prik qayta barpo etildi — qatnov yana tiklandi

4-02-2026, 12:34
24
Xorazm viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tashabbusi bilan (4P163) “Bog‘ot q. – Yangiariq q. – Xiva sh. – Qo‘shko‘pir q. – Shovot sh. – Gurlan sh.” avtomobil yo‘lining 84,7-kilometr qismida joylashgan, tabiiy ofat oqibatida zarar ko‘rgan ko‘prik to‘liq yangidan qurib bitkazildi hamda foydalanishga topshirildi.

☄️ Qisqa muddatda amalga oshirilgan qurilish ishlari davomida ko‘prik zamonaviy texnik talablar asosida barpo etilib, mustahkamligi va yuk ko‘tarish quvvati oshirildi. Natijada hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz qatnov sharoiti yaratildi.

⏺Mazkur infratuzilma obyektining ishga tushirilishi tumanlararo transport aloqalarini yaxshilash, iqtisodiy faollikni oshirish hamda aholi hayot sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.